"Bashakshehir"da yangi yulduz porlamoqda!
“Istanbul Bashakshehir” safida to‘p surayotgan Bertug‘ Yildirim jamoaning haqiqiy “sehrli tayoqchasi”ga aylanib bormoqda. 23 yoshli hujumchi asosan zahiradan maydonga tushib, qisqa vaqt ichida o‘yin taqdirini hal qilmoqda.
Yildirim joriy mavsum Turkiya Superligasida “Bashakshehir” tarkibida 9 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol muallifi bo‘ldi. E’tiborliisi, ushbu gollarning barchasini u zahiradan o‘yinga qo‘shilib kiritgan. Futbolchi jami 140 daqiqa maydonda harakat qilgan bo‘lib, har 35 daqiqada bitta gol kiritmoqda.
Hozirda Yildirim jamoa to‘purarlari ro‘yxatida Eldor Shomurodovdan keyingi o‘rinda bormoqda. Agar u shu sur’atda o‘yinni davom ettirsa, yaqin kelajakda “Bashakshehir” hujum chizig‘ining asosiy figurasi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Ma’lumot uchun, klubning eng yaxshi to‘purari Eldor Shomurodov hisoblanadi. O‘zbekistonlik hujumchi joriy mavsum 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan.
Fikrlar