
"Bavariya" "Barsa" himoyachisini sotib olmoqchi
"Bavariya" qishki transferlar oynasida markaziy himoyachi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasiga "Barselona" vakili Ronald Arauxo ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar o‘rtasida hali muzokaralar boshlangani yo‘q. Myunxenliklar 24 yoshli himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun ikki yildan beri harakat qilmoqda, lekin u Kataloniyada qolishni avzal ko‘radi.
Arauxoning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Shuningdek, urugvaylikning tovon puli 1 milliard evro.
"Bavariya" Ronalddan tashqari "Arsenal" futbolchisi Takexiro Tomiyasu va "Manchester Yunayted" a’zosi Rafael Varanni ham kuzatib bormoqda.
Fikrlar