Asosiy mazmunga oʻtish

"Bavariya": "Barsa" oʻyinchisini olamiz!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qiyin transfer

«Barselona» tarkibida harakat qilayotgan himoyachi Jerar Martinga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Myunxen klubi yozgi transfer oynasida Martin uchun «Barselona»ga 40 million yevro taklif etishni rejalashtirgan. Ammo kataloniyaliklar himoyachini jamoada saqlab qolish tarafdori va u bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasida 100 million yevro miqdorida kompensatsiya puli ko‘rsatilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Martin atrofidagi vaziyatni Angliya Premer-ligasining bir qator klublari ham kuzatib bormoqda. Xususan, «Chelsi», «Liverpul» va «Tottenxem» nomlari tilga olingan. Shuningdek, futbolchi bo‘yicha ma'lumotni Italiya ning «Milan» klubi ham so‘rab olgani qayd etilgan.

Joriy mavsumda 24 yoshli Jerar Martin barcha musobaqalar hisobga olingan holda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. U hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q