"Bavariya" eng zo'r to'purarга o'rinbosar topdi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko yaqin vaqt ichida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida insayder Kristian Falk xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sloveniyalik forvardga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirgan. Myunxen klubi Sheshkoni Harri Keyn uchun hamshеrik sifatida ko‘rish bilan birga, kelajakda uning o‘rnini bosadigan asosiy nomzod sifatida ham baholamoqda.
Harri Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar kelishuvni yana uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Keyn myunxenliklar safidagi o‘yinlari davomida 147 uchrashuvda 146 ta gol urgan. Shuningdek, u jamoadoshlariga 33 bor golli pas bergan.

Fikrlar