Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Bavariya» «Fulxem» darvozabonini sotib olmoqchi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Bavariya» «Fulham» darvozaboni Bernd Lenoni zahira posboni sifatida erkin agent bo‘lib kelasi yozda olib kelishni rejalashtirmoqda.

Myunxenning mashhur «Bavariya» klubi Londonning «Fulxem» jamoasi darvozaboni Bernd Lenoni o‘z safida ko‘rishga qiziqish bildirmoqda.

Bild nashri xabar berishicha, myunxenliklar 34 yoshli nemis darvozabonini zahira posboni sifatida olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda Lenoning «Fulxem» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Shu bilan birga, «Bavariya» kelasi yozda uni erkin agent sifatida qo‘shib olishga urinish mumkin.

Bernd Leno bundan oldin «Arsenal», «Bayer» va «Shtutgart» tarkiblarida ham to‘p surgan. Joriy mavsumda u Angliya chempionatida «Fulxem» safida beshta o‘yin o‘tkazdi va ulardan birida darvozasini daxlsiz saqlashga erishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q