"Bavariya" ikki nafar vinger variantini ko‘rib chiqmoqda

  • 18.01.2026 13:26
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi qanot hujumini kuchaytirish maqsadida ikkita futbolchi sotib olishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "Bavariya" klubi ikki nafar futbolchini sinchkovlik bilan kuzatib boryapti. Manbaga ko‘ra, "qizillar" "Köln" vingeri Sail El-Malu va "RB Leyptsig" hujumkor futbolchisi Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Diomandega "Manchester Yunayted" jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. El-Mala joriy mavsumda Bundesligada 17ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Diamonde esa 15ta uchrashuvda 6ta gol urgan va 2ta assistni amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, "Bavariya" Bundesliganing navbatdagi uchrashuvini 24 yanvar kuni "Augsburg"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!