Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Bavariya" Kompani istagan futbolchini olib bermadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tarkib shundoq ham kuchli

«Bavariya» bosh murabbiyi Vinsent Kompani yozda jamoaga yana bir yuqori darajadagi futbolchini olib kelishni rejalashtirgan, ammo myunxenliklar rahbariyati bu tashabbusni ma’qullamadi.

Avvalroq klub «Ayntraxht» (Frankfurt)dan 50 million yevro evaziga Nataniyel Braunni, shuningdek, xuddi shu miqdorga PSVdan Ismoel Saybarini sotib olgan edi. Kompani shu ikki transfer bilan cheklanib qolmasdan, shunga yaqin darajada yana bir kuchli futbolchi bilan tarkibni mustahkamlashni istagan.

Biroq klub rahbariyati boshqa yo‘lni tanladi. Ular zahira jamoa va yoshlar tarkibidan yetishib chiqayotgan futbolchilarni asosiy jamoaga bosqichma-bosqich qo‘shish strategiyasiga amal qilishni ma’qul ko‘rdi. Shu maqsadda, «Bavariya» 18 yoshli Bary Sapoko Ndiayeni to‘liq sotib olishga rozi bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror, avvalo, Kompani tashabbusi bilan qabul qilingan.

Yoshlardan yana ikki futbolchi — 19 yoshli yarim himoyachi Tim Binder va 17 yoshli vinger Maykon Kardozu ham asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladigan nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda. Binder mavsumoldi yig‘indan so‘ng shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi. Kardozu esa elkasiga qilingan jarrohlik amaliyoti tufayli kamida uch-to‘rt oyga safdan chiqdi.

- Biz endi hech kimni sotib olmaymiz. Jamoamiz tarkibidan va uni qanday shakllantirganimizdan juda mamnunmiz, - dedi «Bavariya» sport direktori Kristof Froynd. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q