Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Bavariya» nega Barkoladan voz kechgani izohladi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Bavariya» Bredli Barkolani transfer uchun talab qilingan juda katta summa sababli emas, Luis Diasni esa muxlislarni jalb qiladigan oʻyinchi sifatida tanladi.

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl yozgi transfer oynasida nega hujumchi Bredli Barkola bilan shartnoma imzolanmagani haqidagi savolga javob berdi.

«Ha, biz Bredlini «Bavariya» uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqqanmiz. Lekin transfer bahosini eshitganingizda... bu biz uchun juda katta summa edi. Luis Dias? U yerda vaziyat boshqacha bo‘lgan. U – odamlar stadionga aynan uni ko‘rish uchun keladigan o‘yinchi», — dedi Eberl Sport Bild nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yozda Barkola «PSJ» tarkibidan «Liverpul»ga 125 million yevro evaziga o‘tgan edi. Angliya grandi safida 24 yoshli vinger barcha musobaqalar doirasida beshta o‘yinda maydonga tushdi, ammo haligacha gol ham, golli pas ham qayd etolmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q