"Bavariya" Nikolas Jekson bilan xayrlashdi

  • 30.05.2026 14:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning "Bavariya" klubi o‘tgan mavsumni ijara asosida jamoada o‘tkazgan hujumchi Nikolas Jekksonga minnatdorlik bildirdi.

Nemis grandi senegallik futbolchini "Chelsi"dan to‘liq sotib olmaslikka qaror qildi. Jekson o‘tgan mavsum Bundesligada 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

"Bavariya" matbuot xizmati quyidagi murojaatni e’lon qildi:

"Rahmat, Niko! Bu mavsum klubimiz tarixida unutilmas bo‘lib qoladi.

Biz bilan birga kechirgan barcha lahzalar va jamoa muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissang uchun tashakkur!"

Eslatib o‘tish joiz, "Bavariya" o‘tgan mavsum Bundesliga va Germaniya Kubogida g‘olib chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!