Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Bavariya» «Nottingem Forest» yarimhimoyachisini sotib olmoqchi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Bavariya» «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni 70 million yevro atrofida sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.

«Bavariya» klubi rahbariyati «Nottingem Forest» jamoasi yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

TeamTalk nashri xabariga ko‘ra, myunxenliklar markaziy zonani kuchaytirishni rejalashtirgan va 27 yoshli angliyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilish niyatida. Mutaxassislar hozircha Gibbs-Uaytning ehtimoliy transfer qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda. Shuni ham ta’kidlash kerakki, futbolchiga faqat «Bavariya» emas, balki «Manchester Yunayted» va Londonning «Tottenxem» klublari ham da’vogarlik sifatida qaralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Morgan Gibbs-Uayt Angliya chempionatida «Nottingem Forest» tarkibida beshta o‘yin o‘tkazib, bir gol urdi va ikki golli uzatma muallifi bo‘ldi. Undan oldin yarim himoyachi «Vulverxempton» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q