Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Bavariya» Olise kelajagiga oydinlik kiritdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Bavariya» rahbariyati Maykl Olise bilan kelajagi haqida suhbatlashishni rejalashtirmoqda, ammo yangi shartnoma muzokaralari hali boshlanmagan.

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh direktori Yan-Kristian Drizen jamoa yarim himoyachisi Maykl Olise bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlangan-boshlanmagani haqidagi savolga javob berdi.

«Biz Mayklning iloji boricha uzoqroq vaqt «Bavariya» sharafini himoya qilishini istaymiz. Mos fursat kelganda, u bilan uning kelajagi haqida albatta suhbatlashamiz», — deya Drizennig so‘zlarini SPORT BILD nashri keltiradi.

«Bavariya» Oliseni 2024 yilda «Kristal Pэlas» klubidan sotib olgan edi. Shu paytdagi transfer bozori sharoitida nisbatan kamtar hisoblangan 53 million yevro myunxenliklar tomonidan to‘langan.

Joriy mavsumda fransuz hujumchisi barcha musobaqalar doirasida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Olisening amaldagi shartnomasi «Bavariya» bilan 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q