Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Bavariya" "Real" yulduziga qiziqmoqda

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

«Bavariya» «Real» bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, Vinisius Juniornı sotib olishga tayyor.

Myunxenning "Bavariya" jamoasi rahbariyati madridlik "Real" hujumchisi, Braziliya terma jamoasi yulduzi Vinisius Juniornı oʻz safida koʻrishga qiziqish bildirmoqda.

Insayder Ekrem Konur tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, myunxenliklar hozirda 25 yoshli braziliyalik futbolchi va "Real" oʻrtasida yangi shartnoma borasida ketma-ket olib borilayotgan muzokaralarni diqqat bilan kuzatmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, "Bavariya" Vinisiusni qoʻlga kiritish uchun rasmiy harakat boshlashi mumkin.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Vinisiusga "Manchester Siti" hamda Saudiya Arabistoni klublari tomonidan ham jiddiy qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutaxassislar braziliyalik hujumchining ehtimoliy transfer qiymatini taxminan 140 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Vinisius Junior Ispaniya chempionatida "qirollik klubi" safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli pas muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q