"Bavariya" "Real"ning "oshini ilib ketmoqchi"

  • 14.11.2023 19:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Germaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabar berishicha, Myunxenning "Bavariya" klubi 24 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Germaniya chempioni Mbappeni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sanalayotgan "Real" bilan raqobatlashishga tayyor.

Avvalroq, “Bavariya” ustozi Tomas Tuxel frantsiyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni xohlashini aytgandi.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida Mbappe 11 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!