"Bavariya" supertransferni amalga oshirdi!

  • 27.07.2025 12:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" vingeri Luis Dias "Bavariya"ga o‘tishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishish arafasida turibdi. “Bavariya” kolumbiyalik yulduzni 75 million evro evaziga sotib oladi. Futbolchining o‘zi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma allaqachon kelishib olindi. Avvalroq Luis Diasga "Barselona" va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli vingerning "qizillar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!