"Bavariya" ustozi boy berilgan g'alaba aybdorlarini aytdi
Bunaqasi birinchi marta bo‘layotgani yo‘q
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Liga chempionlari umumiy bosqichi ikkinchi turida «Viking»ga qarshi kechgan va 3:3 hisobida yakunlangan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Uchrashuvning dastlabki qismi kutilmagan tarzda boshlandi: norvegiyaliklar 38-daqiqadayoq 2:0 hisobida oldinga chiqishdi. Ikkinchi bo‘limda myunxenliklar o‘yinni qo‘lga olib, hisobni tenglashtirishdi va hatto oldinga ham chiqishdi. Biroq 74-daqiqada Maykl Olise maydondan chetlatilib, «Bavariya» bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Yakuniy zarba esa 90-daqiqada keldi – «Viking» uchinchi golni urdi va mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
«Ayb to‘liq o‘zimizda. Biz bugun ham, o‘tgan turda [«Augsburg»ga qarshi, 2:2] bo‘lgani kabi, maydonda ustunlik qildik. Albatta, ijobiy jihatlar ham bor, o‘yin sifati umuman yomon emasdi. Lekin diqqat susayishi va vaziyatlarda yetarlicha oqilona qaror qabul qilmasligimiz sabab xatolarni takrorlayapmiz. «Augsburg»ga qarshi o‘yinda golni startdan 8 soniya o‘tibyoq o‘tkazib yubordik, bugun esa bir yarim daqiqadan so‘ng. Qolaversa, raqibning deyarli har bir imkoniyati gol bilan yakunlanayotgandek tuyulayapti. Ammo bularning hech biri bizga bahona bo‘lolmaydi, chunki o‘zimiz o‘zimizni shunday og‘ir vaziyatlarga solayapmiz», – deya Kompani so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany nashri.
17 oktyabr, shanba kuni «Bavariya» Bundesliga doira navbatdagi turda o‘z maydonida «RB Leyptsig»ni qabul qiladi.
Izohlar (0)