«Bavariya» yangi darvozabonni tanladi
«Bavariya» «Fulham» darvozaboni Bernd Lenoni kelasi mavsum zahira posboni sifatida erkin agent tarzida olishni rejalashtirmoqda.
Londonning «Fulxem» klubi darvozaboni Bernd Leno yana vataniга qaytishi mumkin.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli posbon xizmatlariga myunxenlik «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirgan. Germaniya chempioni kelasi mavsum uchun Leno nomzodini zahira darvozaboni sifatida ko‘rib chiqmoqda. Berndning o‘zi ham taklif etilgan ro‘lga qaramay, myunxen superklubiga o‘tish variantini ijobiy baholayotgani aytilmoqda
Lenoning «Fulxem» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi. Shu boisdan, agar tomonlar kelishuvga erishsa, nemis darvozaboni «Bavariya» safiga erkin agent sifatida, ya'ni bepul qo‘shilishi mumkin.
Joriy mavsum Angliya premer-ligasida Leno beshta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan sakkizta to‘p o‘tkazib yubordi.

Izohlar (0)