“Bavariya”da katta yo‘qotish bo‘ladi
Uning o‘rni bor
“Bavariya”ning etakchi yarim himoyachilaridan Yozua Kimmix yozgi transferlar vaqtida klubni tark etishi kutilmoqda.
Sky Sport Germany nashrining ma’lum qilishicha, tajribali futbolchi qanday qaror kelganini Evropa chempionatidan keyin aytadi.
Kimmixning klub bilan shartnomasi kelasi yoz tugaydi. “Bavariya” katta maosh oladigan o‘yinchini kuzgacha sotib yuborishni maqsad qilgan.
Yaqinda “Barselona” nemis futbolchisi bilan muzokara qilgandi. Biroq har mavsum 20 million evrodan ko‘proq maosh oladigan Kimmix kataloniyaliklar taklif qilgan summaga ko‘nmadi.
29 yoshli futbolchi “Shtuttgart” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yozua “Bavariya”da 2015 yildan beri to‘p tepyapti.

Izohlar (0)