Bektemir Meliqo‘ziev raqibini muddatdan avval "yer tishlatdi"

  • 22.02.2026 07:18
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Ayni paytda AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborli­si, hozirgina hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev va ganalik Sena Agbeko to‘qnashuvi yakunlandi. Garchi charm qo‘lqop ustamiz jang boshidanoq kuchli zarbalar yo‘llagan bo‘lsa-da, raqib ularga dosh bera oldi. Biroq 7-raundga borib, Agbekoning irodasi yetmadi. Aniqro‘g‘i, Meliqo‘ziev raqibini texnik nokautga uchratib, professional faoliyatidagi 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, mazkur kechaning markaziy jangida Rayan Garsiya va Mario Barrios yarim o‘rta vaznda WBC kamari uchun kurash olib borishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!