
Belal Muhammad: "U tarixdagi eng yaxshi jangchi"
Yaqindagina UFC chempioni bo‘lgan Belal Muhammad Habib Nurmagomedovga Leon Edvardsga qarshi jang rejasini ishlab chiqishda yordam bergani uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirdi.
"Habib menga maslahat berdi va qanday jang qilishim kerakligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U o‘z bilimlari asosida reja tuzib berdi. Menimcha, Habib tarixdagi eng zo‘r jangchi", - deydi Muhammad Shak MMA ga.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad(24-4-1 N/C) "UFC 304" ning asosiy to‘qnashuvida ochkolar bo‘yicha Edvards(22-4-1 N/C)ni mag‘lub etdi
Fikrlar