Belinda Benchich “Kooyong Classic – 2018” g‘olibi
Avstraliyada shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich “Kooyong Classic – 2018” turnirining final uchrashuvida germaniyalik Andrea Petkovichga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Ko‘rgazmali musobaqaning ushbu o‘yinining birinchi setida 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan Belinda qolgan setlarda 6:4, 10:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Belinda Benchich “Kooyong Classic – 2018” ko‘rgazmali turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar