Belinda Benchich kurashni davom ettiradi
Zohir2018
U chorak finalga yo‘l oldi
Shveytsariyalik Belinda Benchich va sloveniyalik Polona Xertsog Moskva shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
Belinda va Polona uchrashuvida g‘olib uch set davomida aniqlandi. Unda Benchich 1:6, 6:3, 6:4 hisobida raqibidan ustun keldi.
Shu tariqa Kreml kubogining chorak finaliga chiqqan Benchich, endi ukrainalik Dayana Yastremskaya yoki belgiyalik Kirsten Flipkens bilan kuch sinashadi.
Izohlar (0)