Belinda Benchich kurashni davom ettiradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich Yakuniy WTA chempionatidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshlashga muyassar bo‘ldi.
 
Benchich Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilayotgan mazkur turnirning guruh bosqichidagi birinchi o‘yinini chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi o‘tkazib, yakunda 6:3, 1:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
 
Endi Belinda guruhdagi ikkinchi uchrashuvini gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!