Belinda Benchich uch set o‘ynadi
Zohir2018
Uning navbatdagi raqibi jiddiy tennischi
Shveytsariyalik Belinda Benchich va germaniyalik Yuliya Gyorges "Rogers Cup"ning uchinchi davra yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan mazkur o‘yinda Belinda 5:7, 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Shu tariqa Toronto shahrida o‘tayotgan musobaqaning navbatdagi bosqichida Benchich ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)