Bellingem: "Barchamiz 100 foiz uning tarafdormiz"
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa vingeri Vinisius Zunior haqida fikr bildirdi.
"Men Vini bilan har kuni ko‘rishaman - u hali ham o‘zining maksimal darajasida o‘yin ko‘rsatyapti. U klubga va biz qurmoqchi bo‘layotgan jamoaga hech qanday zarar keltirgani yo‘q. Men u bilan juda zo‘r munosabatdaman va agar u jamoa uchun yoki bizning o‘yinimizga xalaqit bersa, buni unga darhol aytgan bo‘lar edim. Lekin men bunday deb hisoblamayman. Bosh murabbiyga keladigan bo‘lsak, barchamiz Xabi Alonsoga 100 foiz ishonamiz va uning tarafdormiz" - dedi angliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli havbek joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar