Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bellingem bu yozda "Real"dan ketmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Otasi rahbariyatga uchradi

«Real Madrid» yarim himoyachisi Jud Bellingem shu yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Pepe Alvares xabariga ko‘ra, futbolchining otasi Mark Bellingem o‘tgan mavsum yakunida madridliklar rahbariyati bilan uchrashib, o‘g‘lining jamoadan ketishi masalasini ko‘targan. 

Sabab sifatida sport sohasidagi ba’zi nomuvofiqliklar va qarashlar farqi tilga olingan. Ammo klub pozitsiyasi qat’iy bo‘lgan: rahbariyat Jud Bellingem sotilmasligi va jamoani tark etmasligini darhol ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jud Bellingem 2023 yili dortmundlik «Borussiya» tarkibidan «Real»ga 127 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyunigacha amal qiladi. 

Shu vaqtgacha yarim himoyachi «Real» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 140 o‘yin o‘tkazib, 46 ta gol urdi va 33 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q