Bellingem muzokara boshladi
O‘zgarish bo‘ladi
TEAMtalk nashrining yozishicha, "Real" rahbariyati angliyalik yarim himoyachi bilan muzokaralarni yil oxiriga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda.
Yangi shartnoma imzolansa, Jud Bellingemning maoshi sezilarli oshishi kutilmoqda. Hozirgi paytda u bir mavsum uchun taxminan 20 million yevro ish oladi, yangi bitim esa bu miqdorni 30 million yevro atrofigacha ko‘tarishi mumkin.
Kelishuv kamida 2031 yil yozigacha mo‘ljalanaotgani aytilmoqda, biroq aniq muddat bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Bellingem "Real" tarkibida barcha musobaqalar doirasida 148 ta o‘yin o‘tkazgan. U shular davomida 49 ta gol urgan va 36 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Izohlar (0)