Bellingem «Real» bilan yangi shartnoma imzoladi
Jud Bellingem «Real Madrid» bilan maoshi oshirilgan yangi shartnoma imzolab, kamida 2031 yil yozigacha jamoada qoladi.
«Real»ning yulduzli yarim himoyachisi Jud Bellingem madridliklar bilan yangi shartnoma imzoladi.
AS nashri ma’lumotlariga koʻra, 23 yoshli angliyalik futbolchi «qirollik klubi» bilan yaxshilangan shartlar asosida yangi kelishuvga erishgan. Tomonlar oʻrtasidagi shartnoma 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Qayd etilishicha, yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish tashabbusi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyudan chiqqan. Bellingem 2023 yildan buyon Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jud Bellingem joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, toʻrtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u ikki marta sariq kartochka oldi.
Izohlar (0)