Bellingem "Real"ga shart qoʻydi
Ali Ahmadxo’jayev
Klub talabni bajaradimi?
«Real»ning angliyalik yarim himoyachisi Jud Bellingem klub rahbariyatidan maoshini ko‘tarishni so‘ragani ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Avraam Romeromning xabar berishicha, Bellingem o‘z ish haqi miqdorini Kilian Mbappe va Vinisius Zunior darajasiga yaqinlashtirishni istamoqda.
Yaqin kunlarda futbolchining agentlari «Real» rahbariyati bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, madridliklar shartnomani yaxshilangan shartlar asosida uzaytirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.

Izohlar (0)