Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Benatiya: «Ronaldу «Yuventus»dagi bu holatdan norozi edi»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Mehdi Benatia aytganiicha, Krishtianu Ronalduni «Yuventus»da o‘yin oldidan mehmonxonada jamoaviy qolish tartibidan norozi bo‘lgan.

«Yuventus»ning sobiq futbolchisi Mehdi Benatia Krishtianu Ronalduni Turin klubiga kelganidan keyin nimadan norozi bo‘lgani haqida gapirdi.

Benatianing aytishicha, Ronalduga o‘yinlar oldidan futbolchilarning mehmonxonada tunab qolishi yoqmagan.

«Ronald 2018 yilda jamoaga kelganida, bundan norozi edi. U bunday tartibga odatlanmagandi. Mendan: “Italiyalik futbolchilar va murabbiy bilan bu haqida gaplashsak bo‘ladimi?” deb so‘radi.

Men avval Kyellini bilan gaplashdim, keyin murabbiyning oldiga bordik. Unga: “Jamoada bunga qarshi bo‘lgan uch-to‘rt nafar futbolchi bor. Ularning orasida juda muhim o‘yinchilar ham bor”, dedik. Murabbiy esa: “Qolishni istaganlar qolsin, istamaganlar esa qolmasligi mumkin”, deb javob berdi», — deya Benatianing so‘zlarini Canal+ nashriga tayanib The Touchline keltirmoqda.

Krishtianu Ronaldo 2018–2021 yillarda «Yuventus» sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q