Beneil Dariushning ehtimoliy raqibi ma’lum
Sinov3 Sinov3
Dariushning ehtimoliy raqibi ma’lum
Engil vazn toifasi UFC jangchisi Beneil Dariushning navbatdagi raqibi sifatida Arman Tsarukyan ko‘rsatilmoqda.
Bu haqda CBS Sports jurnalisti Lyuk Tomas Dariush bilan suhbat asosida ma’lum qildi.
Insayderning fikriga ko‘ra, jang 17 dekabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 296 turnirining asosiy kardida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Beneil Dariush (22-5-1) so‘nggi jangida Charlz Oliveyra (34-9-1)ga nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan.
Tsarukyan (20-3) esa Gamrot (23-2-0) bilan bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, ketma-ket ikkita jangda g‘alaba qozonmoqda.


Izohlar (0)