Benzema “Real”ga qaytadigan bo‘ldi

  • 18.01.2026 09:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” tarixidagi eng kuchli hujumchilardan hisoblangan Karim Benzema Madriddan ketganidan beri faoliyatini Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubida davom ettirib kelmoqda.

Jurnalist Xorxe Pikonning xabar berishicha, 38 yoshli Karim Benzema professional faoliyatini yakunlagandan keyin “Real”da ishlaydi. Fransiyalik toʻpurar “Qirollik klubi”ning rasmiy elchisi maqomida faoliyat yuritadi.

Manbaga koʻra, Karimning oʻzi klub vakillari bilan oʻtkazilgan muzokaralarda bu vazifani qabul qilishga rozi ekanini bildirgan.

Benzema 2009–2023 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilgan va bu davr ichida 25 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. Ular orasida besh marta Yevropa Chempionlar ligasi, toʻrt marta Ispaniya chempionligi ham bor.

38 yoshli hujumchining “Al-Ittihod” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida yakunlanadi. Avvalroq shayxlar Benzemaga 2028 yil yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Bundan tashqari, Karimni tarbiyalagan “Lion” klubi ham hujumchini Fransiyaga chempionatiga kelib, jamoaga yordam berishga chorlmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!