Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Benzemaga Evropadan yangi da'vogar paydo bo'ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Muzokara davom etmoqda

«Al-Hilol» klubi forvardi Karim Benzema faoliyatini «Trabzonspor» tarkibida davom ettirishi mumkin.

Turkiya jamoasining asosiy transfer maqsadi avval boshda «Al-Hilol»ning urugvaylik  hujumchisi Darwin Nunes edi. Biroq saudiyaliklar bilan bu transfer bo‘yicha kelishuvga erishishning hozircha iloji bo‘lmayapti.

Shu orada, jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘glu ma’lumotiga ko‘ra, «Trabzonspor»ga yana bir variant – Nunesning jamoadoshi Karim Benzema nomzodi taklif qilingan. 

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli fransuz hujumchi bilan dastlabki muzokaralar boshlab yuborilgan.

Benzemaning «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozigacha mo‘ljallangan. Saudiya klubi ham «Real»ning sobiq yulduzi, ham Nunes bilan xayrlashishga tayyor ekani aytilmoqda. Ularning o‘rnini esa «Aston Villa» forvardi Olli Uotkins bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu yozda «Trabzonspor»  yana bir superyulduz – Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q