Bepul! Benzemani oladigan bormi?
Mashhur yulduzga ish kerak, u hamma narsaga tayyor
Mashhur fransuz hujumchisi Karim Benzema Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan yo‘llarini ajratdi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida mehnat shartnomasini bekor qilgani ma’lum qilindi.
Shu bilan Benzema erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi. Endi u istalgan jamoaga erkin ravishda, transfer to‘lovisiz o‘tishi mumkin.
Transfer oynasi yopilganiga qaramasdan, klublar erkin agent bo‘lgan futbolchilar bilan shartnoma imzolash huquqiga ega.
TalkSPORT nashri yozishicha, Karim Benzemaga Angliya Premier-ligasi jamoalari tomonidan qiziqish bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Izohlar (0)