Berdievga ham oson emas!

  • 14 sentabr, 2022, 10:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev Sports.uz nashriga intervyu berdi. Unda murabbiy bir qator masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tgan. Ro‘ziqul Sa’dullaevich bilan bog‘liq oxirgi voqealar yodingizda bo‘lsa kerak. 29 avgust kuni Qarshida “Lokomotiv” bilan o‘yindan keyin bosh hakam bilan tortishgani sababli Berdiev uchta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Mutaxassis Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev bilan suhbat mobaynida o‘sha vaziyat uchun uzr so‘rab, qizishib ketganini tan oldi. Ammo shu bilan birga barchasini qaror chiqarishdan avval O‘FAga batafsil tushuntirib berishga tayyorligini ham ma’lum qilgandi. O‘sha “Lokomotiv” bilan bahsdan keyin Ro‘ziqul aka muxlislarning hatti-harakatlaridan ham biroz xafa bo‘lganini yashirmagan. Bizga ham ayrim holatlarda bosh murabbiyga tanqid bildilirayotgani haqida xabarlar eshitilib turibdi.

Tecno

Hozirgi davr ham murabbiy uchun bir sinov. Deyarli barcha Berdievning murabbiylik salohiyatiga yuqori baho beradi. U jamoasi bilan erishgan yutuqlaridan tashqari shaxsiy sovrinlarga ham ega. Muhimi shuki, “Nasaf”da o‘yin bor, “Nasaf”da mazmun bor. Bu narsani Berdievni o‘zi ham o‘sha suhbatda ta’kidlab o‘tdi. Doim barqaror va qiyinchiliklarni engib o‘tayotgan klub. Bunda murabbiyning roli beqiyos. Faqat chempionlik qoldi xolos, qolgan barcha sovrinlar zabt etib bo‘lingan.

berdiev ro‘ziqul3_3

Endilikda Ro‘ziqul Berdiev borasida chempionlikka erisha olmayotgani yuzasidan tanqidlar eshitila boshladi. Albatta, “Nasaf” bosh murabbiyidan shu haqida so‘ragandik. O‘shanda u bu to‘g‘risida batafsil javob bergandi va shunday degan: “Chempionlik ruhi etishmayotgani haqida gapirishadi. Bizda Kuboklarni yutish yoki Kubok xarakteri ham yo‘q edi. Ammo asta-sekin maqsadimizga erishyapmiz. Jamoamizning Chempionlar ligasida ham tajribasi yo‘q edi. Bu narsaga ham erishyapmiz. Qachonlardir bizning jamoamizga o‘rin olishga kuchi etmasdi yoki bunga yaqin ham kelmasdi. Mana, buni ham zabt etyapmiz. Aytmoqchimanki, chempionlikni ham vaqti soati bor. Jamoamizda moliyaviy holat qanaqa ekanini barcha biladi. Lekin ba’zilar buni tan olishga harakat qilmaydi. Hamma biladi, biz katta moliyaviy barqarorlikka ega emasmiz. Ochiq aytaman, bu yilgi smetamiz 25 mlrd. Qaysidir jamoalar byudjetini 80 mlrd. qilib chempionlik maqsadini qo‘yyapti. Bu bahona emas. Imkoniyatingiz qancha yuqori bo‘lsa, shuncha saviyali futbolchilarni olib kelasiz. Klubimizning oxirgi natijalarini oladigan bo‘lsak, masalan, 2020 yili qancha qiyinchilik bo‘lmasin, etakchilarimiz ketib qolishmasin chempionatda 2-o‘rinni oldik. 2021 yili O‘zbekiston Kubogini yutdik va OFK Kubogi finaliga chiqdik. Chempionatda medallar uchun kurashdik. Ammo 4-o‘rinni oldik. Oxirgi uchrashuvda “Lokomotiv”ga yutqazib qo‘ydik. Bu Kubok finali oldi o‘yini edi. Balki shu bois chempionatga e’tiborimizni kamroq qaratgandirmiz. Mana, 2022 yilda Osiyo Chempionlar ligasida pley-offdan chiqdik. Bu oson emasdi. BAAga borib “Baniyas”ni yutib qaytdik. Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga borganimizda to‘g‘risini aytsam, keyingi bosqichga chiqishimizga 50 foiz odam ishonmagandi. Bu erda ham tajribamiz va “duxi”miz yo‘q edi. Ammo biz uddaladik. Mana, O‘zbekiston Kubogida yarim finalchilar qatoridamiz. Chempionlik uchun kurashda qatnashyapmiz. Ammo ba’zilarni nimaga negativ fikr bildirishini tushunmayman. Qiyinchiliklarimiz bor, ammo jar solayotganimiz yo‘q. Kurashishda davom etyapmiz. Doim maqsadimiz oliy. “Nasaf” oxirigacha kurashadi, ishonchni hech qachon yo‘qotmaydi. Ishontirib aytamanki, jamoam o‘yin sifati bo‘yicha bunga loyiq. Boshqa jamoalarga nisbatan “Nasaf”ning o‘yini tabiiy va hammaga manzur keladi. Mazmun ham, sifat ham bor”.

berdiev10

Berdiev bu gaplarni bejizga aytgani yo‘q. U “Nasaf”ning chempionligiga ishonadi. Bu yilmi, kelasi yilmi yoki undan keyinmi, albatta shu narsa bo‘ladi! Berdiev mana shunday ruhiyat va ishonch bilan ishlashda davom etyapti. Ammo u hamma qiyinchiliklarni ham omma oldida jar qilmayapti. Murabbiy kichik imkoniyatdan shunchalik foydalana olayotgani katta gap, aslida. Faqat “Nasaf”ning chempionatimiz etakchilaridan biri ekani, kuchli uchlikdan joy olayotgani va bosh murabbiyning bilimi fonida doim klubdan yuqori natijalar kutiladi va hamma shunga o‘rgangan. Ammo jamoada hamma ishlar ham silliq emas. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, jamoada qarzdorlik bor. Yodingizda bo‘lsa, Berdiev saytimizga bergan intervyusida qarzdorlik bormi, degan savolga qisqacha bor deb qo‘ya qolgandi va barchasini ochiqlamagandi. Eshitishimizcha, jamoa a’zolaridan kamida 10 ta o‘yindagi g‘alaba uchun mukofot pullaridan qarzdorlik bor va hatto Osiyo Chempionlar ligasidagi g‘alabalar ham uning ichida. Qizig‘i, klub uch yil oldingi epikirovka bilan yuribdi va shu eski ekipirovka bilan chempionlar ligasigacha borib keldi.

berdiev18_1

O‘zi aytib o‘tganidek, “Nasaf”ning yillik byudjeti 25 mlrd. so‘m. Chempionlik uchun kurashayotgan boshqa klublardagi bu raqamlar ancha salmoqli. Futbolchilarning maoshlari baland emas, 1,500 – 2000 dollar atrofida. Holbuki, o‘yinchilarga doim chetdan juda yaxshi daromadli shartnomalar taklif qilinadi. Ro‘ziqul Sa’dullaevich ochiq aytdi, Norchaev va Aliqulovga Shotlandiya hamda Turkiya klubi jiddiy qiziqayotganini. Katta ehtimol mavsum yakunida kimlardir albatta ketadi. “Nasaf”ning asosiy yutug‘i akademiyasining barqarorligida. Har yili yangi yoshlar chiqyapti va ularni Ro‘ziqul Berdiev shaxsan o‘zi kuzatadi va asosiy jamoaga olib o‘tib tarbiya beryapti. Albatta, murabbiy ham qo‘lida tajribali, nomdor o‘yinchilar bo‘lishini istaydi, axir qaysi murabbiy buni xohlamaydi deysiz?! Agar shunday bo‘lganida “Nasaf” Berdiev boshchiligida yangi gegemonlik davrani boshlagan bo‘larmidi? Ammo ularning yo‘li boshqacha. Mahalliy tarbiyalanuvchilarga e’tibor birinchi o‘rinda. Bu orqali barcha yoshdagi terma jamoalarimizga ham munosib kadrlar tayyorlab beriladi. Bunda “Nasaf”dagi tizim va Berdievning salohiyati ham asqotyapti. Endi bosh murabbiyni tanqid qilishdan oldin bir o‘ylab ko‘ringchi, u qanday sharoitda ishlayotganini? Yana undan nimani talab qilish mumkin?     

"Aliqulovni Turkiya, Norchaevni Shotlandiya klubi jiddiy kuzatyapti, o‘zimiz ham afsusdamiz, "duxi"miz yo‘q edi, ammo..." - Ro‘ziqul Berdiev suhbatda ancha gaplarni aytib yubordi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Kamalov
14/09/2022 21:44
Бердиев яхши инсон
Alisher Kamalov
14/09/2022 21:43
Бердинв яхши ирсон омад Бердиевга
Alisher Kamalov
14/09/2022 21:42
Бердиев чхши инсон. Лекин чемпион ким булишини Худо билади. Юкори 5 6 ликда имконият етарли, Сугдиена бугун чемпионликдан анча узоклашди.
&
Жамшид 0880
14/09/2022 19:32
Р.Бердиевга омад тилайман,насиб бўлса чемпионликни ҳам нишонлаймиз.
&
Олға насаф
14/09/2022 10:49
Р.Бердиевга сабр тоқат, куч қувват ва омад тилаймиз. Биз Бердиевга ишонамиз. Албатта барча мухлислар билан бирга ўйлаган ниятларга етишишига тилакдошмиз.