Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Bernardu Silva: "Asosiy raqibimiz – “Liverpul”

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Portugaliyalik futbolchi chempionlik poygasini ta’rifladi

"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva jamoaning asosiy raqibi haqida fikr bildirdi.

"Har bir raqobat o‘zgacha. "Manchester Yunayted" oxirgi yillarda qiyin davrni boshdan kechirmoqda, ammo bir shaharda bo‘lganimiz uchun biz raqib hisoblanamiz.

Asosiy raqibimiz esa katta farq bilan – "Liverpul". Chunki ular har doim biz bilan chempionlik uchun kurashgan va hatto g‘alaba ham qozongan.

Shundan keyin "Arsenal"ni aytish mumkin. Ular yildan-yilga kuchayib bormoqda va sovrinlar uchun kurasha boshlashdi, ammo hali g‘oliblik darajasiga chiqmagan", – deya javob berdi portugaliyalik o‘yinchi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q