Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bernardu Silva «Barselona»ga o‘tmaydi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Bernardu Silvaning «Barselona»ga transferi bekor bo‘lib, u «Atletiko»ga o‘tishiga juda yaqin turibdi.

Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvaning «Barselona»ga o‘tishi amalga oshmaydigan bo‘ldi. Kataloniya nashri 3Cat xabariga ko‘ra, klub va futbolchi vakillari o‘zaro kelishuvga erisha olmagan.
 

«Barselona» bilan muzokaralar barbod bo‘lganidan so‘ng, Silvaning eng ehtimoliy yangi manzili sifatida Madriddning «Atletiko» jamoasi tilga olinmoqda. Manba ma’lumoticha, tomonlar potensial transfer shartlarini muhokama qilishning yakuniy bosqichiga kirgan va kelishuvga juda yaqin turibdi.
 

Avvalroq, Bernardu Silvaga Madriddning «Real» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozircha uning «qirollik klubi» safiga qo‘shilishi kam ehtimolli variant sifatida baholanmoqda va kun tartibidan deyarli chiqib ketgan.
 

Bernardu Silva o‘tgan mavsum Angliya chempionatida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q