Bernardu Silva “Barselona”ga o‘tish arafasida
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini “Barselona”da davom ettirishga yaqin turibdi.
Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar berdi. Manbaga koʻra, portugaliyalik futbolchi kataloniya klubi bilan 2028 yilning yozigacha moʻljallangan shartnoma imzolaydi. Shuningdek, kelishuvda yana bir yilga uzaytirish bandi ham boʻladi.
32 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida qoʻshiladi.
Maʼlumot uchun, Silva 2017 yildan beri “Manchester Siti” safida toʻp tepib kelayotgan edi.

Fikrlar