Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Bernardu Silva "Real"ga o'tib xato qildimi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

U o'yin amaliyotisiz qolishi mumkin

«Real Madrid» yarim himoyachisi Bernardu Silva yaqin vaqtlardan asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin.

Joze Mourinyo 32 yoshli futbolchini so‘nggi beshta La Liga uchrashuvidan faqat bittasida asosiy tarkibda maydonga tushirgan. 

The Touchline nashri yozishicha, agar Federico Valverde va Orelien Tchuameni sog‘lom bo‘lsa, Bernardu Silva uchun asosiy tarkibga da’vogarlik qilish juda qiyin bo‘ladi. Urugvaylik va fransuz futbolchilari jamoaning yetakchi o‘yinchilari sifatida ko‘riladi, shu bois ulardan birini tarkibdan siqib chiqarish deyarli imkonsiz vazifa hisoblanadi.

Bernardu Silva o‘tgan yozda erkin agent sifatida «Real» safiga qo‘shilgan edi. Undan avval portugaliyalik futbolchi to‘qqiz yil davomida «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q