Bernardu Silvaga "Real"dan rasmiy taklif tushdi

  • 11.06.2026 22:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi «Manchester Siti» tarkibida o‘ynagan sobiq yarim himoyachi Bernardu Silvaga rasmiy taklif yo‘lladi. 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasidagi muzokaralar jadal sur’atda davom etayotgani aytilmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
 

Manbalarga ko‘ra, «Real»ni boshqarishi kutilgan Joze Mourinyo aynan Bernardu Silvani jamoaga olib kelish tarafdori. Madrid klubi rahbariyati portugaliyalik futbolchi uchun kurashda «Barselona» va «Atletiko»dan oldin chiqishga ishonmoqda.
 

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Silva «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma imzolashi mumkinligini yozgan edi. Shu bilan birga, yarim himoyachi La Liga moliyaviy qoidalariga mos kelish maqsadida maoshini kamaytirishga ham tayyor ekani ta’kidlangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!