Bernardu Silvani olmasak bo‘lmaydi
Silva hammaга kerak
"Manchester Siti"dagi faoliyatini yakunlagan Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva yozgi transfer oynasi arafasida "Real"ning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi, deb xabar bermoqda AS manbasi.
Ispaniya nashri ma'lumotiga ko'ra, "Qirollik klubi"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 31 yoshli futbolchini jamoaga olib kelish g'oyasini shaxsan qo'llab-quvvatlamoqda. Portugaliyalik mutaxassis Silvani faqat maydondagi o'yini uchun emas, balki uning yetakchilik fazilatlari va kiyinish xonasidagi nufuzi uchun ham jamoaga juda kerak deb hisoblamoqda.
Manbalarga ko'ra, futbolchining agenti Jorje Mendes Bernardu Silvani "Real"ga bir necha oy avvaloq taklif etgan. O'shanda madridliklar murabbiylar shtabi borasidagi noaniqlik tufayli bu variantni jiddiy ko'rib chiqmagan edi. Mourinyo tayinlangandan so'ng esa vaziyat keskin o'zgargan.
Avvalroq yarim himoyachi uchun asosiy da'vogarlar sifatida "Barselona" va "Atletiko" tilga olinayotgan edi. Biroq Mourinyo bilan dastlabki muloqotdan keyin Silva boshqa klublar bilan muzokaralarni vaqtincha to'xtatib qo'ygani xabar qilinmoqda.
Manba ma'lumoticha, hozirda Bernardu Silva "Real"ning yozgi transfer rejasidagi eng ustuvor nomzodlardan biriga aylangan. Futbolchining o'zi yaqinda shunday degan edi: "Men meni chindan ham istagan joyga boraman".
Portugaliyalik yarim himoyachi o'tgan mavsumda "Manchester Siti" safidagi faoliyatini yakunladi. U bu klub sharafini 2017 yildan beri himoya qilib kelayotgan edi.

Izohlar (0)