«Beshiktash» deyarli Vlahovich bilan kelishib oldi

  • 11.08.2026 12:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyalik hujumchi Dušan Vlahovič faoliyatini Turkiyaning «Beşiktaş» jamoasida davom ettirishi mumkin. Italyan sport jurnalisti Nikolo Skira ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli forvard Istanbul klubiga erkin agent sifatida qo‘shilishiga yaqin turibdi.

 

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgani aytilmoqda. Kutilgan kelishuv 2029 yil yoziga qadar amal qilishi rejalashtirilgan. Manbalarga ko‘ra, Vlahovičning yillik maoshi bonuslarsiz 8 million yevro atrofida bo‘ladi. Shuningdek, futbolchi shartnoma imzolash uchun alohida yirik mukofot puli olishi nazarda tutilgan.

 

Avvalroq Vlahovič Saudiya Arabistoni klubidan tushgan taklifni qabul qilmagani ma’lum qilingan edi. Shu bilan birga, yaqin vaqtgacha u «Barselona» safiga o‘tish imkoniyatini ham ko‘rib chiqqan, hatto kataloniyaliklar safiga qo‘shilish uchun maoshini qisqartirishga tayyor ekani aytilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!