Beshta gol: Angliyaning kambeki uvol ketdi
Bir zarba hammasini o‘zgartirib yubordi
Londondagi mashhur «Uembli» stadionida Millatlar ligasi birinchi turidan o‘rin olgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari — Angliya terma jamoasi amaldagi jhon chempionlari bo‘lgan Ispaniya futbolchilarini qabul qildi.
Kuchli kurashlarga boy bellashuvda g‘alaba Ispaniya termasiga nasib etdi — 3:2. Mehmonlar tarkibida gollar Lamin Yamal (2-daqiqa), Aleks Baena (60-daqiqa) va Mikel Oyarsabal (74-daqiqa) tomonidan urildi.
Angliya safida esa Entoni Gordon (36-daqiqa) hisobni tenglashtirdi va Harri Keyn (40-daqiqa) jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq 53-daqiqada Keyn penaltini amalga oshira olmadi va shundan so‘ng inglizlar tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi yangi mavsumdagi Millatlar ligasini uch ochko bilan boshladi. Angliya esa musobaqadagi ilk o‘yinini mag‘lubiyat bilan yakunladi. A divizionining 3-guruhida Chexiya va Xorvatiya terma jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Izohlar (0)