Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Beshta klub Xolandning ishorasini kutyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bunaqa to‘purardan hech kim yuz o‘girmaydi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland atrofidagi transfer qiziqishi yana kuchaymoqda.

Fichajes nashrining yozishicha, madriddlik «Real» va «Barselona» norvegiyalik forvardni qo‘lga kiritish g‘oyasidan hali ham voz kechmagan. Kataloniya va Ispaniya poytaxti klublari Xolandni kelgusi yillarda jamoani yetaklaydigan asosiy figura sifatida ko‘rishmoqda.

Erlingga bo‘lgan qiziqish faqat Ispaniya grandalari bilan cheklanmaydi. Manbaga ko‘ra, Londonning «Arsenal» klubi, shuningdek, Germaniya chempioni «Bavariya» va Fransiyaning yetakchi jamoasi «Pari Sen-Jermen» ham uni o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli Xoland barcha musobaqalar doirasida 7 o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasini 7 marta ishg‘ol etdi. U shunday tarzda yana bir bor dunyodagi eng samarali hujumchilardan biri ekanini isbotlamoqda.

Norvegiya terma jamoasi yulduzining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 220 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q