Bilamiz, sizlarda bunga imkon bor

  • 14 noyabr, 2024, 09:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponlar koinotga dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni uchirdilar.

Tecno

Kaft o‘lchamidagi qurilma Kioto universiteti va mahalliy qurilish kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Rejaga ko‘ra, xizmat muddati tugagach, u atmosferada butunlay yonib ketadi va metalldan farqli o‘laroq, hech qanday iz qoldirmaydi.

Sun’iy yo‘ldosh orbitada olti oy bo‘ladi, shundan so‘ng mutaxassislar yog‘och koinotning ekstremal sharoitlariga qanchalik samarali dosh berganini baholaydilar.

O‘z navbatida Xitoyning "Zhongke Yuhang" kompaniyasi 15 ta sun’iy yo‘ldoshga ega Kinetica-1 raketasini uchirdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniesi xabar berdi.

Ilon Mask yangi jamoat transporti Cybercab va Robovan’ni taqdim etdi. 

Bu transport vositalari to‘liq avtonom bo‘lib, ular haydovchisiz harakatlanadi. Mask bu innovatsiyani nafaqat yangi transport vositasi, balki daromad olish imkoniyati sifatida ham ko‘ryapti.

Cybercab ikki o‘rinli robotaksi bo‘lib, u rul va pedallarsiz harakatlanadi. Uning yo‘lkira narxi har km uchun 0,2 dollarni tashkil qiladi, bu AQShdagi oddiy taksilarga nisbatan 10 baravar arzon. Mashinaning narxi 30000 dollar. 

Xo‘sh, bizda nima yangiliklar? Bizda oddiy, murakkablik talab qilmaydigan, shunchaki biroz mas’uliyat kerak bo‘lgan ishlar o‘ta sifatsiz qilinadi. Kichkina ishlarni ham sifatli qila olgan insonlar rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shadi. Biz O‘zbekistonda nimalardan noliymiz? Gaz, svet, asfalt, yonilg‘i, narxlar yuqoriligi va hokazo. Buning hammasi mas’uliyat hissi ayrimlarda kamligiga borib taqaladi. Ha, bo‘laveradi va ha, maylida deydigan insonlar bilan na gaz va svet muammosi, na narx-navo oshishi kabi muammolar va na O‘FA mediasi sifatli ishlashni boshlaydi. Insonlarga sifatli mahsulot ulashing. Bilamiz, sizlarda bunga imkon bor. 


Karim Xudayqulov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!