Bir jamoa “Barsa”ning ikki darvozaboniga og‘iz solmoqda

  • 11.06.2026 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amsterdamning “Ayaks” klubi “Jirona”dan ijarada oʻynab, “Barselona”ga qaytgan germaniyalik darvozabn Mark-Andre ter Shteganni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Voetbal International nashri maʼlumotiga koʻra, Niderlandiya grandi oʻz tarkibini tajribali darvozabon bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

34 yoshli ter Shtegen yanvardan buyon “Jirona” safida ijara asosida harakat qildi va jamoasiga aytarli yordam koʻrsata olmadi.

Manbaga koʻra, “Ayaks” yana bir darvozabon Inyaki Penyani ham kuzatmoqda. U hozirda “Elche”da ijara asosida oʻynamoqda.

Taʼkidlanishicha, Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati kelasi mavsumda Mark Andre ter Shtegenga ham, Inyaki Penyaga ham imkonbermoqchi emas.

Ter Shtegen yanvardan beri tizza orti pay jarohatidan tiklanmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 4 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!