Bir mavsumda 20 ta gol urasan!
«Napoli» rahbariyati «Manchester Yunayted»dan Rasmus Heylundning transfer huquqini 44 million yevro evaziga to‘liq sotib oldi. Daniyalik hujumchi o‘tgan yil yozida, 14 avgust kuni Romelu Lukaku jarohat olgandan so‘ng Neapol klubiga kelgan edi. Avvaliga 6 million yevroga ijaraga asosida o‘tdi, shartnomada esa majburiy sotib olish bandi bor edi. Klub prezidenti Aurelio De Laurentiis qarorni cho‘zmadi va transferni rasmiylashtirdi.
Heylund «Napoli» safidagi ilk o‘yinidayoq o‘zini ko‘rsatdi: Florensiyada bo‘lib o‘tgan debut uchrashuvida 14-daqiqada gol urdi. Undan oldin, 5-daqiqada penaltini Kevin de Bryune aniq amalga oshirgan edi. Daniyalik hujumchi «Bolonya»ga qarshi bellashuvda Italiya Superkubogini qo‘lga kiritishga ham hissa qo‘shdi. U umumiy hisobda 37 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.
«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bir yil avvaloq Heylundni «Milan»ga olib kelishga uringani ma’lum. Endi esa u o‘zini to‘liq «Napoli» futbolchisi deb hisoblaydi, klub rahbariyati ham shu fikrda.
Allegri 23 yoshli forvardni jamoa hujumi kelajagi sifatida ko‘rmoqda. Murabbiy uning sezon davomida kamida 20 ta gol urishini maqsad qilib qo‘ygan — bu ko‘rsatkich yaxshi hujumchi bilan haqiqatan ham ajralib turadigan to‘purar o‘rtasidagi chegara sifatida baholanmoqda.
«Napoli» Heylund uchun ijara haqini ham inobatga olgan holda jami 50 million yevro sarfladi. De Laurentiis davrida bu klub tarixidagi eng yirik xarid hisoblanadi. Qiyos uchun: Viktor Osimxen 70 million yevroga tushgan, ammo bu summa bir qator o‘zaro transferlar orqali qisman qoplangan. «Latsio» o‘z vaqtida boshqa bir hujumchi uchun 45 million talab qilgan, Gonsalo Iguain esa 2013 yili 37 million yevroga olib kelingan edi.

Fikrlar