Birdaniga to‘rt yulduz keladi
Anchadan beri Turkiya chempionligini “Galatasaroy”ga boy berib qo‘yayotgan “Fenerbahçe” yangi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.
Bu borada klubning transfer siyosati Yevropa futbolida nom qozongan yulduzlarni olib kelishga qaratilgan.
Insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, Istanbul klubi Italiya ning amaldagi chempioni “Inter”dan yarim himoyachisi Hakan Chalhanog‘liga qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, klubning ehtimoliy yangi futbolchilari sifatida Luis Suarez, Merih Demiral va Meyson Grinvud nomlari ham tilga olinmoqda.
Avvalroq jamoa tarkibiga “Barselona”ni tark etayotgan hujumchi Robert Levandovski ham qo‘shilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar