Birinchi iste’fo: Bosh murabbiy ishdan haydaldi
Mag‘lubiyat og‘ir botdi
Germaniya Bundesligasida 2026/2027 yilgi mavsumda ilk murabbiy isteʼfosi qayd etildi. Mönxengladbahning «Borussiya» klubi Oygen Polanski endilikda jamoa bosh murabbiyi emasligini maʼlum qildi.
Polanski isteʼfosi «Frayburg» mehmonida 0:5 hisobida magʻlubiyatga uchraganidan bir kun oʻtib eʼlon qilindi. «Borussiya» hozircha Bundesliga jadvalida soʻnggi oʻrinni egallab turibdi – jamoa hali biror ochko qoʻlga kiritmagan.
Oygen Polanski oʻtgan yil noyabrida «Borussiya»ning bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Undan avval u jamoaning vaqtinchalik bosh murabbiyi sifatida ishlagan, undan oldin esa klubning yoshlar va oʻsmirlar jamoalarida murabbiylik qilgan.
Mönxengladbahning «Borussiya» klubi navbatdagi uchrashuvini 19 sentabr kuni oʻz maydonida «Maynts»ga qarshi oʻtkazadi.

Izohlar (0)