Bisping: "Agar Chimaev Uittakerni ertaroq mag‘lub eta olmasa..."

  • 2 aprel, 2024, 13:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maykl Bisping yaqinda e’lon qilingan Robert Uittaker va Xamzat Chimaev o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.

Tecno

"Ajoyib jang, bu o‘rta vazn toifasida juda katta nomga ega. Ammo, adashmasam, bu Hamzat Chimaev uchun besh raundlik ilk jang bo‘ladi va bu tashvishlanarli holat. Robert Uittaker shiddat bilan anchadan buyon eng yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda. Uning bo‘lajak raqibiga kelsak, Kamaru Usmon va Gilbert Bernsga qarshi bahsda ikkinchi-uchinchi raundlarda Hamzat tezligini pasaytirganiga guvoh bo‘lgan edik. To‘g‘ri, u g‘alaba qozongandi, ammo endi hammasi boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Agar Chimaev Uittakerni ertaroq mag‘lub eta olmasa, besh raundlik jang Hamzat uchun haqiqiy falokat bo‘ladi. Bu jangda hamma narsa bo‘lishi mumkin", - dedi Bisping Galaxy MMA bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Chimaev(13-0) va Uittaker(25-7) o‘rtasidagi jang 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!