Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Bisping Chimaev uchun ideal raqib nomini aytdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U bu borada o‘zi fikrini bildirdi.

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, sharhlovchi va tahlilchi Maykl Bisping promoushen Xamzat Chimaev(13-0) va Jared Kannonir(14-6) o‘rtasidagi jangni tashkil qilishi kerak, deb hisoblaydi.

“Men Chimaev va Kannonir jangini ko‘rishni xohlardim. Agar Xamzat bu kurashda ustunlikni qo‘lga kirita olmasa va muammolarini hal qila olmasa, uni uzoq muddatda katta muammolar kutadi. Shuningdek, nima uchun uning chidamliligi bilan bog‘liq muammolar borligini aytish qiyin. Balki u har doim tempni yuqori ushlab turishga harakat qilgani uchundir. Xamzat darhol raqibini parterga olmoqchi bo‘ladi. Bu esa bizning sportimizda eng ko‘p energiya sarflaydigan elementdir. Tajribamdan aytishim mumkinki, bu uslub bilan yuqori darajadagi raqibga qarshi kurashganingizda juda ko‘p energiya yo‘qotasiz", – dedi Bisping o‘zining You Tube kanalida.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q